So’nggi yangiliklar

17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0 10:45Криштиану Роналду ўзи билан боғлиқ шов-шувли вазият бўйича барчасини айтиб берди 0 10:19UFC Fight Night 290 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0

09 iyu 11:00
Yangiliklar

Qiziqarli!

Rossiyaning xalqaro sportga qaytishi: O'zbekiston uchun bu nimani anglatadi? (mutolaa uchun)

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasining Rossiya Olimpiya qo'mitasiga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish haqidagi qarori jahon sportida katta muhokamalarga sabab bo'ldi.

Mazkur qaror Rossiya sportchilariga xalqaro musobaqalarga qaytish imkoniyatini kengaytirishi mumkin, biroq ularning to'liq huquqda musobaqalarda ishtirok etishi hali ham har bir xalqaro federaciyaning alohida qaroriga bog'liq bo'lib qolmoqda. SHuningdek, Rossiya bayrog'i, davlat madhiyasi va jamoaviy ishtirok masalalari bo'yicha yakuniy qarorlar hali qabul qilinmagan.

Markaziy Osiyodagi eng tez rivojlanayotgan sport davlatlaridan biri bo'lmish O'zbekiston uchun ushbu qaror qanday ahamiyatga ega? Bu savolga bir yoqlama emas, balki bir nechta nuqtai nazardan yondashish lozim.

Raqobatning yangi bosqichi

So'nggi bir necha yil davomida ko'plab xalqaro musobaqalar Rossiya ishtirokisiz o'tkazildi. Bu esa medallar taqsimoti, reytinglar va Olimpiya licenziyalari uchun kurashda malum darajada yangi imkoniyatlar yaratdi.

Rossiya sportchilari qaytgan taqdirda esa vaziyat tubdan o'zgaradi.

Boks, dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi, qilichbozlik, sport gimnastikasi, suzish, og'ir atletika, eshkak eshish, engil atletika kabi ko'plab sport turlarida Rossiya ananaviy ravishda dunyo etakchilaridan biri hisoblanadi. Bu esa O'zbekiston sportchilari uchun har bir xalqaro startda raqobat yanada kuchayishini anglatadi.

Ayniqsa, 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasi licenziyalari uchun kurashda har bir reyting ochkosi oldingidan ham qimmatga tushishi mumkin.

Medallar soniga tasir qilishi mumkin

Hech kimga sir emas, Rossiya ishtirok etmagan musobaqalarda medallar uchun kurash nisbatan ochiqroq kechdi.

Rossiyalik sportchilarning qaytishi ayrim vazn toifalari va dasturlarda medallar taqsimotiga bevosita tasir ko'rsatishi mumkin.

Bu, ayniqsa:

  • boks;

  • dzyudo;

  • sport gimnastikasi;

  • qilichbozlik;

  • suzish;

  • engil atletika;

  • paralimpiya sport turlarida yaqqol sezilishi ehtimol.


Paralimpiya sporti uchun ham muhim signal

O'zbekiston paralimpiya harakati bugun jahonda eng tez o'sib borayotgan tizimlardan biri sanaladi.

Para engil atletika, para dzyudo, para taekvondo, para suzish, para kanoe kabi sport turlarida mamlakat muntazam ravishda jahon chempionatlari va Paralimpiya o'yinlarida yuqori natijalar qayd etmoqda.

Rossiya sportchilarining xalqaro musobaqalarga qaytishi licenziyalar va jahon reytinglarida raqobatni yanada kuchaytirishi aniq. Xuddi Belarus qaytgani kabi.

Hamkorlik imkoniyatlari qayta tiklanishi mumkin

Sankciyalar yumshagan taqdirda, kelajakda O'zbekiston va Rossiya o'rtasidagi sport sohasidagi hamkorlik ham faollashishi ehtimoldan xoli emas.

Bu quyidagi yo'nalishlarda namoyon bo'lishi mumkin:

  • qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari;

  • xalqaro turnirlarni birgalikda tashkil etish;

  • murabbiylar tajriba almashinuvi;

  • hakamlar tayyorlash;

  • sport tibbiyoti va ilmiy tadqiqotlar bo'yicha hamkorlik.

Bu kabi aloqalar milliy terma jamoalar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishi mumkin.

Barcha sport turlarida bir xil vaziyat bo'lmaydi

Eng muhim jihatlardan biri shundaki, XOQ qarori avtomatik ravishda barcha federaciyalar uchun majburiy emas.

Masalan, ayrim xalqaro federaciyalar Rossiya sportchilarini musobaqalarga qaytarishga tayyorligini bildirgan bo'lsa, boshqalari amaldagi cheklovlarni saqlab qolishini malum qilmoqda. SHuning uchun kelasi oylar davomida har bir sport turida alohida vaziyat shakllanadi.

Xulosa

XOQning Rossiya Olimpiya qo'mitasiga nisbatan cheklovlarni yumshatish haqidagi qarori xalqaro sport tizimida yangi davrni boshlab berishi mumkin. Biroq bu qarorni O'zbekiston uchun faqat salbiy yoki faqat ijobiy voqea sifatida baholash to'g'ri emas.

Bir tomondan, raqobat kuchayadi, licenziyalar va medallar uchun kurash yanada murakkablashadi. Ikkinchi tomondan esa kuchli raqiblar milliy sportning rivojlanishiga, tayyorgarlik tizimining takomillashishiga va sportchilar mahoratining yanada oshishiga turtki beradi.

SHu manoda, O'zbekiston sporti uchun asosiy vazifa raqiblarning qaytishiga moslashish emas, balki har qanday raqobat sharoitida ham dunyo elitasi safida qolishga qodir tizimni yanada mustahkamlashdan iborat.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing