So’nggi yangiliklar

18:45UFC ходими Дана Уайтнинг Contender Series турниридан сўнг ташкилот билан жангчи сифатида шартнома имзолади 0 18:12Ботир Раҳимов теннис мактабидаги қурилиш ишлари билан танишди (ФОТО) 0 17:30Чисора фаолиятини якунламайди, у декабрь ойида рингга қайтади 0 16:51"Лугано" бош мураббийи Беҳруз Каримовнинг ҳолатига тўхталиб ўтди 0 16:18Сузиш: Тошкентдаги Жаҳон кубоги босқичида Олимпиада ва дунё биринчилиги чемпионлари қатанашади 0 15:502036 йилги Олимпиада учун эҳтимолий мезбонлар рўйхати маълум. Улар орасида Ҳиндистон, Қатар ва Туркия бор! 0 15:18WBA рейтинги янгиланди: Ҳасанбой Дўсматов қани? 0 14:47Жезуш Роналдунинг баёноти ҳақида: "Ҳозир уни ўқиб чиқмоқчиман, айтадиган гапим йўқ" 0 14:19Mағлубиятсиз UFC жангчиси Доғистонга бориб шуғулланиш нияти жиддий эканини айтди 0 13:53Ариэль Хельвани: "Шевченконинг UFC унвонидан воз кечиши ихтиёрий бўлмаган" 0 13:22Пётр Ян Двалишвили билан жангига 18 кун қолганида ажойиб жисмоний ҳолатини намойиш этди + ФОТО 0 12:46Ўзбекистон 270 дақиқадан буён Кореяга гол ура олмаяпти 0 12:1211 боксчимиз жой олган WBC рейтинги янгиланди. Бир вазнда 3 чарм қўлқоп устамиз! 0 11:49Муроджон Йўлдошев Жаҳон чемпионатидаги юришини бошлашга шай! 0 11:13Мелиқўзиев WBА чемпионлик камари жанги учун ўз гонораридан ҳам воз кечмоқчи 0

09 iyu 08:47
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo Olimpiya kengashi XOQning rossiyalik sportchilar to'g'risidagi qaroriga munosabat bildirdi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi rossiyalik sportchilarni xalqaro musobaqalarga qaytarish bo'yicha xalqaro federaciyalarga tavsiya kiritdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov faoliyat yurituvchi Osiyo Olimpiya kengashi bu qarorga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) Osiyo olimpiya harakati nomidan Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (IOC) Ijroiya qo'mitasining rossiyalik sportchilar va jamoalarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishiga oid avval tavsiya etilgan cheklovlarni qo'llamaslik haqidagi qarorini mamnuniyat bilan qarshi oldi.

OSA XOQning sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi ular mansub davlatlardagi urushlar yoki mojarolar sabab cheklanmasligi kerak, degan qarashini qo'llab-quvvatlaydi.

SHuningdek, OSA XOQning sport orqali tinchlikni targ'ib qilishga qaratilgan say-harakatlarini to'liq qo'llab-quvvatlaydi hamda dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan urushlar, qurolli mojarolar va zo'ravonliklarni qoralaydi.

Sport umid ramzi bo'lib xizmat qilishi, xalqlar va millatlarni birlashtirishi lozim. Bu yaqinda Xitoyning Sanya shahrida bo'lib o'tgan Osiyo sohil o'yinlari – 2026 musobaqasida yana bir bor o'z isbotini topdi. Unda Osiyoning barcha 45 ta Milliy olimpiya qo'mitasi sportchilari Osiyoda va dunyoda keskinlik hamda mojarolar davom etayotgan bir paytda tinchlik va do'stlik ruhida bir maydonda jam bo'lib, o'zaro raqobatlashdi", deyiladi tashkilot bayonotida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing