So’nggi yangiliklar

13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0 18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0

29 iyu 06:26
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

XOQning 2021 va 2023 yilgi Sessiyalari uchun mezbon shaharlar aniqlandi

Teglar :  XOQMumbayLozanna
SHveycariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo'mitasining 134-Sessiyasi o'z ishini yakunladi.

Sessiyaning so'ngi kunida tashkilotning 2021 va 2023 yilgi Sessiyalari uchun mezbon shaharlar nomi aniqlab olindi.

Unga ko'ra, 2021 yili bo'lib o'tadigan 137-Sessiyaga Greciyaning Afina shahri, 2023 yilgi (140-Sessiya) yig'ilishga esa Hindistonning Mumbai shahri mezbonlik qiladigan bo'ldi. Malumot uchun, XOQ Sessiyalari kattalar va o'smirlar o'rtasidagi qishki hamda yozgi Olimpiadalardan avval ham o'z ishini olib boradi. SHuningdek, har ikki yilda ham bir marotaba Sessiya ishi bo'lib o'tadi.

Afina Sessiyasida ko'rib chiqiladigan aniq masalalar bo'yicha hozircha malumot yo'q. Mumbay yig'inida 2030 yilgi qishki Olimpiada mezboni aniqlanishi malum. Nihoyasiga etgan 134-Sessiya 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonni aniqlash, Parij-2024 Olimpiadasiga 4 sport turining kiritilishi, AIBAning boks musobaqalaridan rasman chetlatilgani bilan tarixda qoldi.

Tashkilotning navbatdagi 135-Sessiyasi kelasi yilning fevral oyida o'smirlar qishki Olimpiadasidan avval yana Lozanna shahrida o'tkaziladi. Hozircha unda ko'rib chiqiladigan asosiy masala 2024 yilgi o'smirlar o'rtasidagi qishki Olimpiada mezbonini aniqlash bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing