So’nggi yangiliklar

20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0

03 sen 07:32
Yangiliklar

Tadbirlar

Xorazmda Mustaqillik bayramiga bag'ishlangan sport musobaqalari tashkil etildi

Teglar :  XorazmUrganch
Joylarda Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan “Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O'zbekistonim!” shiori ostida musobaqalar o'tkazilyapti.

Jumladan, Xorazm viloyatining barcha hududlarida ham Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha viloyat birinchiliklari tashkil qilinmoqda.

Urganch shahridagi viloyat Badminton markazida 2001 yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'g'il-qizlar ishtirokida badminton bo'yicha viloyat birinchiligi bo'lib o'tdi. Mazkur musobaqada har bir tuman (shahar)dan eng kuchli 2 nafardan yosh badmintonchi ishtirok etdi.

SHuningdek, Urganch shahridagi 2-son umumtalim maktabi sport zalida stol tennisi bo'yicha 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'g'il-qizlar ishtirokida Xorazm viloyati chempionati tashkil qilindi. Yosh stol tennischilarning o'zaro bahslari ham qizg'in bahslarga boy bo'ldi.

Musobaqalarni tashkil qilish jarayonida bir necha oy davomida masofaviy shaklda mashg'ulotlarda ishtirok etgan yosh sportchilarimiz o'z mahoratlarini qay darajada oshirganliklarini namoyon etishdi. Bundan tashqari, ushbu musobaqa orqali murabbiylarimiz ham shogirdlarining texnik kamchiliklarini aniqlash va kelgusi mashg'ulotlarda shu jihatlarga etibor qaratish imkoniga ega bo'ldilar. Musobaqa g'olib va sovrindorlari Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Har ikkala musobaqa ham karantin qoidalariga to'liq rioya qilingan holda tashkil etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing