So’nggi yangiliklar

14:19Макс Холлоуэй Махачев билан жанг ўтказишга тайёрлигини айтди 0 13:58"Навбаҳор" собиқ футболчиси қирғиз жамоасига ўтди 0 13:37Гимнастикачиларимиз Жаҳон кубоги босқичида қатнашишади 0 13:16Оқ уйдаги UFC турнири карди тайёр! 0 12:55Махачевнинг менежери Исламнинг мағлубияти йўқ UFC жангчисига қарши октагонга чиқишига муносабат билдирди 0 12:34Фабио Каннаваро нега айнан Атлантани танлади? 0 12:13Том Аспиналл қайтганини эълон қилди 0 11:52BNP Paribas Open. Раҳимова 1/32 финалга йўл олди. Энди уни дунёнинг тўртинчи ракеткаси кутмоқда! 0 11:31Mangu 2 турнирининг иккинчи жанги ҳам эълон қилинди + ПОСТЕР 0 11:10"Манчестер Сити" футболчиси кечаги учрашув ҳакамлигини танқид қилди 0 10:49Prague Masters. Абдусатторов пешқадамга қарши матч ўтказди 0 10:28Жастин Гэтжи Хабибга қарши жангидаги ҳақиқатни тан олди 0 10:07Ўсмирларимиз Cadet European Cup 2026 турнирига йўл олишди 0 09:46Суперлига. Бугун учта учрашув бўлиб ўтади 0 09:25Лайма Владсон Анталиядаги турнирни ғалаба билан бошлади 0

12 noy 13:58
Yangiliklar

Futbol

Xorvatiya U-17 bosh murabbiyi: "Hech kimdan qo'rqmaymiz"

Xorvatiya o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Marijan Budimir U-17 jahon chempionati 1/16 finali doirasida O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

"Avvalambor, shogirdlarimni musobaqaning pley-off bosqichiga yo'l olgani bilan tabriklayman. Guruhdagi oxirgi o'yinni to'laqonli nazorat qildik. G'alaba qozonishdan tashqari, imkon qadar ko'proq gol urishga intildik. Senegal natijasini bilganimizdan keyin esa bor kuchimiz bilan yana bir gol urishga harakat qildik, ammo afsuski, bunga erisha olmadik. Senegal BAAga qarshi fantastik o'yin ko'rsatdi, beshta gol urdi va to'plar farqi hisobiga guruhda birinchi o'rinni egalladi.

Biroq bu hech narsani o'zgartirmaydi – guruh bosqichida uchta ajoyib o'yin o'tkazdik. Endi esa ijobiy ruhda oldinga qarab harakatlanamiz. Pley-off bosqichida uzoqqa borish uchun har bir o'yinda g'alaba qozonish kerak. Intizom va ajoyib yigitlar jamuljam ekan, hech qanday raqibdan qo'rqmaymiz", – dedi 45 yoshli mutaxassis.


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Xorvatiya o'rtasidagi bellashuv 15 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing