28 apr 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Xorxe Masvidal Usman - Kovington jangi haqida fikr bildirdi
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq UFC kamariga davogar Xorxe Masvidal vazn chempioni Kamaru Usman va Kolbi Kovington jangi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, birinchi jangda bo'lgani kabi Kamaru harakat qiladi. Kolbi teykdaunlar orqali g'alaba qozonishga harakat qiladi, biroq bu reja o'xshamasa kerak. Sababi Kovington tezda charchab qoladi. Mana nima uchun, Kolbi birinchi jangda Kamaruga qarshi kurashmagandi. Agar Kamaru birinchi jangdaka bosim bilan harakat qilsa, Kolbi yana qiynaladi. SHuningdek, Usmaning zarbasi ham juda kuchli. Menimcha, bu jangda ham Kamaru raqibini muddatdan avval to'xtatadi", - dedi Xorxe Masvidal.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar