So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

17 sen 13:34
Yangiliklar

Futbol

Xose Lopes Niderlandiyani nega mag'lub eta olmaganimiz hamda Paragvay haqidagi savollarga javob berdi

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Paragvayga qarshi uchrashuv oldidan saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi o'z yurishini boshladi. Niderlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan dastlabki uchrashuv haqida gapirib o'tsangiz?

- Mening fikrimcha, dastlabki uchrashuvda bazi bir qiyinchiliklarga duch keldik. Butun o'yin davomida hisobda orta bordik, lekin raqibdan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. Niderlandiya deyarli hech qanday xavf tug'dira olmadi, raqib faqatgina biz yo'lgan qo'ygan xatolardan foydalandi. Fikrimcha, o'sha uchrashuvda g'alaba qozonishga biz ko'proq loyiq edik. Eng muhimi, hisobda ortda borishimizga qaramasdan, jamoa xarakter ko'rsata oldi. Hech bo'lmaganda durang qayd etdik.

- Niderlandiya ko'proq himoyalandi, deb aytib o'tdingiz. Bunday "avtobus" qo'yib olgan jamoalarga qarshi qanday o'ynashimiz mumkin? Biz Niderlandiya himoyasini nima sabab yorib o'ta olmadik? Niderlandiyani mag'lub etishga nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- Bizga xalal bergan asosiy jihatlardan biri - biz hisobda ortda qolganimiz. Hisobda ortda borganimiz bizga tasir qildi, raqib esa ushbu vaziyatda o'zini erkinroq his qildi. Niderlandiya ortiqcha tavakkal qilmadi va tartibli himoyalandi, xolos. SHu sababli biz himoyani yorib o'tishda qiynaldik.

- Ertangi raqibimiz Paragvay terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Ko'pchilik, Paragvay terma jamoasini kuchli deb aytmoqda. Masalan, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Paragvayni juda kuchli va tajribali jamoa deb aytdi.

- Ha, Paragvay juda kuchli terma jamoa. Bosh murabbiy ham terma jamoa bilan 7 yil davomida ishlab kelmoqda. Futzalchilar ham murabbiy nimani istayotganini to'liq bilishadi. Paragvay terma jamoasi safidagi futzalchilar kuchli hisoblangan Ispaniya va Italiya ligalarida to'p tepishadi. Qisqa qilib aytganda, ular juda tajribali.

- Bizdan kuchli bo'lgan Paragvay terma jamoasini nima evaziga mag'lub eta olamiz?

- Biz maksimum harakat qilishimiz kerak. O'zimizning yuz foizli o'yinimizni namoyish etishimiz kerak. SHuningdek, Niderlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvdagidek himoyada xatolar qilmasligimiz kerak. Niderlandiya pozicion hujumda hech qanday muammo yarata olgani yo'q. Paragvayga qarshi bahsda ham imkon qadar himoyada xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Paragvay terma jamoasi standart vaziyatlardan ham yaxshi foydalanadi. SHu sababli himoyada xatosiz o'ynashimiz va standart vaziyatlardan foydalanib ketishimiz kerak.

- Agar muxlislarga yoki ommaga qandaydir murojaatingiz yoki gaplaringiz bo'lsa, marhamat.

- Birinchi navbatda bizni qo'llab-quvvatlashlaringizni so'rayman. Niderlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvdagidek muxlislik qilishlaringizni iltimos qilgan bo'lardim. Faqatgina jipslashish orqali Jahon chempionatida yaxshi natijaga erisha olamiz. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislar va OAV vakillariga ham katta rahmat.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing