So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

21 sen 07:47
Yangiliklar

Futbol

Xose Venansio Lopes: "Men shartnomamni shu erda yakunlayman"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Kosta-Rika - O'zbekiston (5:3) uchrashuvdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- Uchrashuv haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Birinchi bo'lim biz uchun yomon o'tdi, lekin ikkinchi bo'limda yuqori ishtiyoq tufayli yaxshi o'ynadik. Qizil kartochka barchasini o'zgartirib yubordi. O'yindagi eng muhim vaziyat shu edi.

- Jahon chempionatida bunday yomon ishtirok etganimizning sabablari nima edi? Biz qanday xatolarga yo'l qo'ydik.

- Birinchi o'yinda biz hisobni tenglashtira oldik va hisobdagi ortda borishimizga qaramay barchasini to'g'rilay oldik. Bugun esa 3:2 hisobida yutayotganimiz paytimizda Ropiev yo'l qo'ygan fol barchasini o'zgartirib yubordi. Biz o'sha pallada o'yinni boy berdik, raqib esa darhol hisobni tenglashtirdi. Biz esa o'sha zahoti barchasini boy berdik.

- Jahon chempionatidagi bunday yomon ishtirokimizning asosiy sabablaridan biri jarohatlar bo'ldi. Jarohatlar soni ko'payib ketganiga nima sabab bo'ldi?

- Jarohatlar bog'lamning uzilishi va suyak sinishi edi. Bu shunchaki omadsizlik va bizning omadimiz kelmadi. Bu normal holat emas, ammo biz bunday omadsizlikka uchradik. Ravshan barmog'ini sindirib oldi. Bu jarohatlarga mashg'ulotlar sabab bo'lmadi. Bunday jarohatlar qachon ro'y berishini nazorat qila olmaymiz, afsuski. Men butun o'zbek xalqidan va muxlislardan uzr so'rayman. Mening fikrimcha, biz mundialga juda katta etibor qaratib yubordik.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanganingizga roppa-rosa bir yil bo'ldi. Terma jamoadagi kelajagingiz haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu narsa muhim deb o'ylamayman, ammo men shartnomamni hozir yakunlayman.

- O'zbekiston futzali kelajagi haqida nimalar deya olasiz? Keyingi mundialga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz uchun nimalar qilishimiz kerak?

- O'zbekiston mehnat qilishda va rivojlanishda davom etishi kerak. Afsuski, men endi terma jamoa bilan birga bo'lmayman, ammo terma jamoaga maslahatlar berib turishim mumkin. Associaciyaga imkon qadar yordam berishga harakat qilaman. Katta ehtimol bilan bu mening faoliyatimdagi so'nggi uchrashuv edi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing