07 iyu 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xuker va Ramires birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishadi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO chempioni Moris Xuker o'z kamarini ikkitaga etkazib olishi yoki kamarsiz qolishi mumkin.
Moris aynan shu vaznda WBC chempioni Xose Ramiresga qarshi ringga ko'tariladi. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 27 iyul kuni AQSHning Arlington shahrida bo'lib o'tadi.
Ushbu chempionlik jangi DAZN striming tizimi orqali namoyish etiladi. Xuker DAZN, Top Rank promouterlik kompaniyasi mijozi bo'lgan Ramires esa ESPN telekanali bilan shartnomaga ega.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar