09 okt 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev Qozog'istonda kimga qarshi jang qilishi malum bo'ldi
Rio Olimpiadasi ishtirokchisi, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Xurshid Tojiboev 12 oktyabr kuni jang qilishi haqida xabar bergandik.
Hamyurtimizning Almatidagi jang oqshomidagi raqibi malum bo'ldi. Unga ko'ra, Tojiboev o'sha kuni filippinlik Ivor Lastrillaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, Xurshid hozircha prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini mag'lub etgan (1 ta nokaut). Filippinlik bokschi esa 19 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 7 ta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Yana 1 ta jangda esa durang qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, MTK Global tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi 12 oktyabr kuni Qozog'istonning Almati shahridagi "Grand Park"da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar