16 dek 16:57
Yangiliklar

Xurshid Tojiboev Qozog'istonda navbatdagi jangini o'tkazdi
Mazkur jangda Tojiboevga indoneziyalik Isaak Junior raqiblik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar bir ovozdan Xurshid Tojiboevning 60:54, 60:54, 60:54 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi. SHu tariqa, Tojiboev professional boksdagi to'rtinchi g'alabasini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Xurshid Tojiboev shu kungacha prof boksda uch marotaba jang o'tkazib, ularning har uchchalasida ham raqiblarini mag'lubiyatga uchratgandi (2 ta nokaut). Junior esa bungacha 42 marotaba professional boksda jang olib borgan. U janglarining 26 tasida g'alaba qozongan (9 t nokaut). 13 ta bahsda mag'lub bo'lgan (6 ta nokaut). SHuningdek, 3 ta jangida durang qayd etgan.
Fikrlar