12 okt 11:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev tarozidan o'tdi, bugun jang + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, bugungi kunda prof boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Xurshid Tojiboev bugun ringga ko'tariladi.
Qozog'istonning Almati shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida hamyurtimizga filippinlik Ivor Lastrilya raqiblik qiladi.
Kecha Tojiboev va uning raqibi tarozidan o'tdi. Bokschilar ikkinchi yarim engil vazn toifasi (58,9 kg) uchun meyorni bajarishdi.
Eslatib o'tamiz, jang sakkiz raunddan iborat bo'ladi va oqshomning 6-to'qnashuvi hisoblanadi.
Malumot uchun, Xurshid hozircha prof ringda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini mag'lub etgan (1 ta nokaut). Filippinlik bokschi esa 19 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongan (6 ta nokaut). 7 ta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta nokaut). Yana 1 ta jangda esa durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar