12 okt 21:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboevning Qozog'istondagi jangi yakunlandi
Bugun professional bokschimiz Xurshid Tojiboev Almati shahridagi jang oqshomida ringga ko'tarildi.
Xurshid uchun prof boksdagi uchinchi jangda filippinlik Ivor Lastrilya raqib bo'ldi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang to'rt raund davom etdi. Aniqrog'i, ketma-ket zarbalar o'tkazib yuborgan filippinlik bokschi to'rtinchi raund yakunlangach jangni davom ettira olmasligini malum qildi.
SHu tariqa, Xurshid professional boksdagi uchinchi jangida uchinchi g'alabasini (2 ta nokaut) qo'lga kiritdi. Filippinlik bokschi esa shu kungacha 19 ta jang o'tkazib, ularning 11 tasida g'alaba qozongandi (6 ta nokaut). Xurshidga qarshi jangda u faoliyatidagi 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi (2 nokaut). Yana bitta jangda esa durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar