30 avg 08:31
Yangiliklar
Xurshidbek Normatov AQSHda kamar uchun 8 raundlik jang o'tkazdi
Ushbu bahsda hamyurtimizga amerikalik bokschi Valter Rayt raqiblik qildi. 8 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlar yakunda bir ovozdan bokschimizning g'alaba qozonganini qayd etishdi (80:72, 80:72, 79:73). Ushbu g'alaba hamyurtimizga birinchi o'rta vaznning NABA kamarini taqdim etdi. Mazkur g'alaba orqali bokschimiz reytingda yaxshigina ko'tarilishga erishadi.
SHu tariqa, Normatovning prof boksda o'tkazgan janglari soni 9 taga etdi. Hamyurtimiz ushbu janglarning barchasida g'alaba qozongan (3 ta nokaut). Rayt esa bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 24 ta jang o'tkazgan. 17 ta jangda raqiblarini mag'lub etgan (8 ta nokaut). Normatovga qarshi jangda esa u faoliyatidagi 7-mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Mag'lubiyatlarining bittasida u nokautga uchragan.
Fikrlar