02 apr 20:28
Yangiliklar

Xushxabar: Bokschilarmiz Tokio Olimpiadasiga yana 4 ta licenziyani qo'lga kiritishdi
"Bir xushxabarni aytmoqchiman, jamoamiz reyting bo'yicha Tokio Olimpiadasi uchun yana 4 ta yo'llanmaga ega bo'ldi. Erkaklar o'rtasida -75 kg vaznda Fanat Qahramonov, -81 kg vaznda Dilshod Ro'zmetov, shuningdek, o'z vazn toifalarida yuqori pog'onada turgan yana 2 nafar qizimiz Tokio Olimpiadasida ishtirok etishadi", - dedi Polatov.
Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar erkak, 3 nafar ayol bokschimiz licenziya olgani haqida malumotlar tarqalgan edi. Bugun 3 nafar emas, 2 nafar ayol bokschimiz Tokioga borishi tasdiqlandi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, SHaxnoza Yunusova (-69 kg) hamda Rayxona Qodirova (-60 kg) reyting orqali Olimpiadaga yo'llanma olgan.
Umumiy hisobda O'zbekiston bokschilari 11 nafar bokschi bilan (8 nafar erkak, 3 nafar ayol) Tokio Olimpiadasiga boradi.
Fikrlar