14 avg 19:23
Yangiliklar
Futbol

Yamal o'z xatti-harakati bilan Flikni g'azablantirdi. "Barselona" murabbiyi nimadan norozi?
Bu haqda "Madrid-Barcelona" malumot berdi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik vinger Lamin Yamalning maydon tashqarisidagi faol harakatlaridan norozi.
Mavsum boshlanishidan oldin mutaxassis futbolchilar, jumladan, Yamal bilan bir nechta shaxsiy suhbatlar o'tkazdi. Germaniyalik murabbiy yosh ispaniyalik ijtimoiy tarmoqlarda haddan tashqari ko'p vaqt o'tkazayotgani, bu uning faoliyatiga putur etkazishi mumkinligini takidlagandi.
Mutaxassis o'yinchidan bor etiborini ishga qaratish va etiborni o'ziga jalb qilmaslikni so'ragan. Flik butun jamoadan intizom va professionallikka rioya etishni talab qilgan.
Havola :
Fikrlar