03 fev 17:05
Yangiliklar
Futbol
Yamayka terma jamoasi sardorining "Dinamo" bilan kelishuvi amalga oshmadi
Yamaykalik himoyachi Damian Lou samarqandliklar tarkibiga qo'shilmadi.
Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi "Dinamo" ko'rigida qatnashgan, biroq klub bilan bitim imzolamagan.
Malum bo'lishicha, futbolchining oilasi yo'l-transport hodisasiga yo'liqqan va u O'zbekistonni tark etishga majbur bo'lgan.
Avvalroq u samarqandliklar safida o'ynashi haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Damian Lou Yamayka terma jamoasi etakchilaridan biri bo'lib, AQSH, Norvegiya va Misr klublarida harakat qilgan. Terma jamoa libosida 78 o'yinda 4 ta gol urgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar