05 iyu 19:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Yan Abu-Dabiga etib bordi
Rossiyalik UFC jangchisi Petr Yan navbatdagi jangi uchun Abu-Dabi shahriga etib bordi.
Yan 11 iyul kuni UFC 251 kechasida Joze Alduga qarshi UFC kamari uchun jang qiladi.
«Biz keldik, barchasi ajoyib. Koronavirus uchun topshirgan ilk testlarimizning javoblarini kutmoqdamiz»,-deb yozib qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, birinchi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Cexudo kamardan voz kechganidan so'ng UFC kamari vakant bo'lib qolgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar