28 mar 07:11
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Yana bir ispan tennischini mag'lub etgan Fomin 1/4 finalga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi bu safar ham Antaliyadagi ITF 15 toifasiga kiruvchi turnirda uch setlik uchrashuv o'tkazdi. 
			Hamyurtimiz ilk bosqichda ispaniyalik 19 yoshli Iker Sevilyani 5/7, 7/5, 7/5 hisoblarida taslim etgandi. Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan Sergey 1/8 finalda yana bir ispan tennischisi, 21 yoshli Alexandro Manzanerani uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 3/6, 6/2, 6/3.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ayni paytda ATP reytingida 543, Manzanera esa 643-o'rinni band etib turibdi. Bugun tennischimiz yarim final chiptasi uchun turnirning ikkinchi raketkasi, italiyalik Gabriel Pirainoga qarshi kortga chiqadi. Piriney yarim oroli vakili reytingning 429-pog'onasidan joy olgan.

            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar