18 noy 09:10
Yangiliklar

Yana bir o'zbek bokschisi professional ringda faoliyat olib boradimi?
Bu bo'yicha Abdulhay saytimiz bilan bog'landi va ushbu yangilik yuzasidan o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Kelajakda albatta professional ringda faoliyat olib borishni maqsad qilib qo'yganman. Ayni paytda uchta promouterlik kompaniyasi bilan muzokara olib borilmoqda. Ulardan biri "Queensberry Promotions" kompaniyasidir. Hozircha ushbu kompaniya varianti maqul kelmoqda. CHunki, Frenk Uorren boshchiligidagi ushbu kompaniya nufuzi jihatidan ancha obro'li hisoblanadi.
Bir necha kun oldin OAVda prof ringga o'tishim haqida mish-mishlar paydo bo'ldi. Ammo, bu hozircha tasdiqlanmagan xabar.
Havaskor boksda katta natijalarga erishmagan bo'lsamda, muxlislarim ko'p ekan, o'zim buni bilmagandim. Ijtimoiy tarmoqlar orqali, shuningdek telefon orqali qo'ng'iroq qilib bu borada ko'p savollar berishmoqda. Ularning har biriga vaziyatni tushuntirishga to'g'ri kelmoqda.
Bu borada yangilik bo'lishi bilan Olamsport.com saytiga malumotlarni taqdim etamiz", - dedi Abdulhay SHorahmatov.
Fikrlar