07 okt 20:51
Yangiliklar

Yana bir o'zbekistonlik MMA sportchisi vafot etdi
Nurmatov uch kun avval, yani 4 oktyabrda CHechenistonning Grozniy shahrida Rossiyaning Absolute Championship Akhmat MMA-promousheni tomonidan tashkil etilgan ASA 100 yubiley turnirida ishtirok etgan edi.
Yurtdoshimiz hakamlar qaroriga ko'ra mezbon sportchi Beslan Isaevga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Hakamlardan ikki nafari Isaev, yana biri Nurmatovning g'alabasini taminlagandi.
Malumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari kursanti, qo'l jangi bo'yicha jahon chempioni, bir necha karra Jahon Kubogi sohibi bo'lgan 27 yoshli hamyurtimizning professional faoliyatidagi ko'rsatkichi 11-2 edi.
Hozircha Bekzod Nurmatovning o'limi sabablari malum emas. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, uning o'limiga insult, yani miyaga qon quyilishi sabab bo'lgan.
Fikrlar