27 mar 11:32
Yangiliklar
Yannik Sinner Mayami "Masters" 1/2 finalida
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner ortiqcha qiyinchiliksiz yarim final ishtirokchisiga aylandi. Italiyalik tennischi 1/4 finalda ATP reytingida 20-o'rinni egallab turgan amerikalik Frensis Tiafoni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Yannik katta farq bilan oldinda bormoqda - 5:1. Oltmish ikki daqiqa davom etgan bahsda Sinner 14, Tiafo 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tomonda bo'ldi - 4 ga 0.
Endi Yannik Sinner final chiptasi uchun Aleksandr Zverevga qarshi kortga chiqadi. Germaniyalik tennischi 1/4 finalda argentinalik Fransisko Serundolodan ustun keldi - 6/1, 6/2.

Fikrlar