20 dek 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Yodgoroy Mirzaeva Qozog'istondagi xalqaro turnir finaliga yo'l oldi
SHu kunlarda Qozog'istonning Karaganda shahrida boks bo'yicha Qozog'iston SSRda xizmat ko'rsatgan sport murabbiyi Galim Jarilgapov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada 9 mamlakat qatorida O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari ham ishtirok etishmoqda. Hozircha turnir doirasida yarim final janglari nihoyasiga etdi. Quvonarlisi bahslarda -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Yodgoroy Mirzaeva finalga etib keldi. U yarim final doirasida qozog'istonlik Kuxta Vladislamaga qarshi jang qildi va g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. -60 kg vaznli Rayhona Qodirova esa rossiyalik Dinnik Ekaterinaga imkoniyatni boy berdi va bronza medali sohibasiga aylandi.
Ertaga Yodgoroy oltin medal uchun rossiyalik raqibasiga qarshi ringga ko'tariladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olympicboxing.uz
Fikrlar