18 iyu 11:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Yoel Romeroning keyingi raqibi kim bo'lishi malum qilindi
UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Yoel Romero navbatdagi jangini amerikalik Yuray Xollga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqida jurnalist Ariel Xelvani o'zining "Twitter" sahifasida malum qildi. Xelvanining aytishicha, hali shartnoma imzolanmagan, lekin ikkala tomon ham jangga o'z roziligini bergan. Bu turnir avgust oyida bo'lib o'tishi mumkin.
Yoel UFCdagi oxirgi uchta jangida mag'lub bo'lgan. Mart oyida Israel Adesanyaga qarshi kechgan jangida hakamlar qarori bilan mag'lubiyatga uchragan. Romero umumiy hisobda 18 jangdan 13 tasida g'olib bo'lgan.
Xoll esa aksincha, oxirgi ikkita jangida g'alaba qozongan. U MMAda jami 24 ta jangda qatnashib, ularning 15 tasida zafar quchgan.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar