16 may 19:23
Yangiliklar

Yo'g'e? Xirn hovlisida jang oqshomi tashkil qilishi mumkin. Bu qanday bo'ladi? (FOTO)
Promouter Brentvuddagi 15 akrlik hovlisida boks oqshomi tashkil etish haqida o'ylamoqda.
Xirn iyul va avgust oyining to'rtta shanbasida janglar tashkil qilmoqchi. Har bir jang oqshomida 4-5 tadan jang bo'ladi. Ular orasida Uayt - Povetkin to'qnashuvi ham kutilmoqda.
Promouter ushbu g'oyani amalga oshirish uchun 1 million funt sarflamoqchi. Bu rejaning hatto surati ham tayyor:
"Bog' markazida ringni tasavvur qiling. Barchasini noldan boshlash lozim: jangchilar uchun kiyinish xonalari, ularni ringga chiqib kelishi rejasini o'ylash. Va biz bunda odamlarning ishtirokini minimallashtirishimiz lozim.
Uzoq bo'lmagan otel bilan muzokaralar olib boryapmiz. U erda nafaqat bokschilar, balki ularning jamoadoshlari ham yashashadi. Koronavirusga testlar ham o'sha erda bo'lishini istaymiz", - dedi Xirn.
Fikrlar