09 sen 14:08
Yangiliklar

Yosh bokschilarimiz Belarusdan medallar bilan qaytishdi
Turnirda jahonning 9 mamlakati qatorida o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, uch nafar bokschimiz - Asrorbek SHahobiddinov (-48 kg), Aydos Tagabaev (-52 kg) va Jahongir Zokirov (+80 kg) barcha raqiblarini mag'lub etgan holda, oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Finalgacha etib borgan, ammo jarohat sabab hal qiluvchi bahslarda qatnasha olmagan Azizbek Tojiev (-63 kg) va Login Petrov (-70 kg) kumush medal bilan kifoyalanishdi. -46 kg vaznli Iqbol Qudratov esa finalda mezbon bokschiga imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylandi. -66 kg vaznli Aloxon Abdullaev esa bronza medaliga ega chiqdi.
Qayd etish lozimki, ushbu turnir oktyabr oyida Fujayrada tashkil etiladigan Osiyo chempionati uchun tayyorgarlik vazifasini bajardi.
Fikrlar