28 okt 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Qozog'istondagi musobaqada 6 ta medal qo'lga kiritishdi
21-27 oktyabr kunlari Qozog'istonning Toldiqo'rg'on shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasida "Jetysu Kubogi" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqada o'zbekistonlik yosh charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishdi. Turnir yakuniga ko'ra, yurtdoshlarimiz 6 ta medalga (3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza) sazovor bo'lishdi.
-91 kg: Amirshoh Samadov (oltin)
+91 kg: SHohrux Almatov (oltin)
-57 kg: Sitora Turdibekova (oltin)
-57 kg: SHoxboz Yunusaliev (kumush)
-51 kg: Marjona Savrieva (bronza)
-69 kg: Xadichabonu Abdullaeva (bronza)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar