09 dek 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Yosh bokschilarimiz Qozog'istondagi musobaqada sovrindor bo'lishdi
3-7 dekabr kunlari Qozog'istonning Stepnogorsk shahrida 2004-2005 yillarda tavallud topgan yosh bokschilar o'rtasida Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan murabbiy V.R.Kamashov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir tashkil etildi.
Musobaqada Qozog'iston, Rossiya, Qirg'iziston va O'zbekistondan 250 nafarga yaqin bokschi ishtirok etdi. Turnir yakuniga ko'ra, 8 nafar bokschimiz sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Ularning 4 nafari oltin ekanligi alohida etirofga sazovor.
Murabbiylar Muzaffar Usmonov va Suhrob Bobonazarov boshchiligidagi terma jamoamiz safida Xojiakbar Mahmudov (-42 kg), Mirkomil Saidohunov (-48 kg), Aman Konsbekov (-60 kg), Alisher Ayubov (-66 kg) oltin, Muhammadali Fozilov (-75 kg) va Mirzajon Ahmedov (-80 kg) kumush, Abdulhamid Abdulhafizov va Murlibek Menliboev (-70 kg) musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar