08 avg 13:42
Yangiliklar
Yosh sportchilar bilan mashhurlar uchrashuvi bo'lib o'tdi
Mazkur onlayn yig'ilishda viloyatda faoliyat olib borayotgan boks murabbiylari, sportchilar hamda RIO-2016 olimpiya o'yinlarida boks sport turi bo'yicha oltin medal sohibi Fazliddin G'oyibnazarov ishtirok etdi.
Karantin vaqtida qay tartibda mashg'ulotlar olib borish masalasida viloyat terma jamoasi bosh murabbiyi Mahmudjon Xo'jaev o'z tavsiyalarini berdi.
SHuningdek, Fazliddin G'oibnazarov ushbu onlayn uchrashuvda yoshlarga qanday shug'ullanish kerakligi, kunlik mashg'ulotlar qay yo'sinda bosqichma-bosqich bajarilishi, bokschilarning musobaqa oldidan psixologik holatini qanday bo'lishiligi, to'g'ri ovqatlanish, havaskor boksni professional boksdan farqlari haqida yosh sportchilarga o'z tavsiyalarini berdi. Qolaversa, uchrashuv davomida bo'lajak chempionlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Fikrlar