11 sen 10:20
Yangiliklar

Yoshlarimiz ham to'liq tarkibda Osiyo chempionatiga jo'nab ketishdi
Qita birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqa manziliga jo'nab ketdi. Dzyudochilarimiz to'liq (18 nafar) tarkibda Osiyo chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. Bizdan tashqari Indoneziya, Hindiston, Qozog'iston, Mo'g'uliston va Koreya Respublikasi terma jamoalari tarkibida ham 18 nafar (9 o'g'il bola, 9 qiz)dan dzyudochi bor.
Umuman olganda, yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida qitamizning 20 davlatdan jami 198 nafar (106 o'smir, 92 qiz) dzyudochi o'z mahoratini namoyish etadi.
Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi (o'g'il bolalar)
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-60 kg: Asadbek Misirov
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-73 kg: Bunyod Safarov
-73 kg: Muhriddin Marufov
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
-90 kg: Alisher Samanov
-100 kg: Muhammadali Zoirov
+100 kg: Fazliddin Rafikov
Osiyo chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi (qizlar)
-48 kg: Ruhshona Alisherova
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: So'g'diyona Rafkatova
-57 kg: Mohinur Allaberganova
-57 kg: Rayhona Mamatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-63 kg: Nigina Saparboeva
-78 kg: SHoira Aminova
+78 kg: Umida Nig'matova
Bosh murabbiy - Kamol Murodov
Murabbiylar - Diyorbek O'razboev, Rafkat Izmaylov, Nargiza Azimova, Zafar Nafasov
Fikrlar