07 may 11:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Yuriorkis Gamboa muddatidan avval mag'lubiyatga uchradi
AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida yarim engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni kubalik 35 yoshli Yuriorkis Gamboa meksikalik Robinson Kastellanosga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang biroz kutilmaganda Kastellanosning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchinchi, to'rtinchi va ettinchi raundlarda kuchli zarbalarni o'tkazib yuborib, nokdaun holatiga tushib qolgan Gamboa sakkizinchi raundda ringga chiqmaslikni lozim topdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar