25 noy 10:16
Yangiliklar
Futbol
Yusupov O'zbekistonga qaytadimi? Darvozabon bu savolga javob berdi
"Fulad" va O'zbekiston MTJ darvozaboni O'tkir Yusupov Narzulla Saydullaev kanaliga O'zbekiston Superligasiga qaytishi borasida fikr bildirdi.
"Navbahor"ga qaytishim borasida hozircha gap-so'z yo'q. "Fulad" bilan yozgacha shartnomam bor. Agar mobodo "Fulad" qo'yib yuborsa ham o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan jamoaga o'tishim kerak. CHunki jarohatdan endi qaytyapman va oldimizda Jahon chempionati bor", - deb fikr bildirdi Yusupov.
Eslatib o'tamiz, O'tkir Yusupov Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan CAFA finalida jarohat olgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar