So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

28 iyu 21:18
Yangiliklar

Futbol

Zafarmurod Abdirahmatov: "Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirishni istamadi"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov Misrdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda halqimizdan kechagi mag'lubiyat uchun uzr so'rayman. O'yinga to'xtaladigan bo'lsak, har doim ham bizning rejalar amalga oshavermadi. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to'p darvozaga kirmadi. Demak, nasib qilmagan ekan. Misr ham yaxshi himoyalandi va g'alati urilgan gol o'yin natijasini hal qildi.

- Birinchi o'yinga qaraganda yomonroq o'yin o'tkazdik. Ikkinchi tur bahsida bizga nimalar etishmadi deb o'ylaysiz?

- Kechagi bahsda bizga faqatgina gol etishmadi. Qolgan jihatlarda ustunlik bizda edi. Misr terma jamoasi Ispaniya farqli tarzda ko'proq himoyaga va qarshi hujumga tayangan holda o'ynadi.

- Misr terma jamoasi bizdan kuchliroq edimi?

- Misr olimpiya terma jamoasini kuchli demagan bo'lardim. CHunki biz hech qaysi jihatda raqibga yutqazmadik, faqatgina hisobdagi ustunlik ular tomonda bo'ldi.

- Uchrashuv yakunlanganidan so'ng kiyinish xonasidagi holat qanday edi?

- O'yindan keyin kayfiyat yaxshi emas edi. Bosh murabbiyimiz bundan ham yaxshiroq ishtirok etishga qodir ekanligimizni takidlab o'tdilar. Barcha mag'lubiyat tasirida edi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishimiz kerakligi ham muhokama qilindi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizni ajoyib tarzda qo'llab quvvatlashdi. Keyingi musobaqalarda va Olimpiya o'yinlarida yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz va yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing