25 may 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Zubayra navbatdagi jangi haqida fikr bildirdi
Rossiyalik UFC jangchisi Zubayra Tuxugov navbatdagi jangni 18 iyul kuni o'tkazishi kerakligini malum qildi.
«Menga karantindan avval 18 iyul kuni bo'lib o'tadigan UFC kechasiga jang berishgandi. Virus sababli o'sha kunga belgilangan bahsda oktagonga ko'tarilamanmi yo'qmi bilmayman, hozircha hech kim menga bu borada malumot bermadi. 2020 yilda top o'n beshtalikka kirishni maqsad qilgandim, buning uchun esa hech bo'lmasa ikkita jangda ishtirok etishim kerak»,-dedi Zubayra.
Malumot uchun, Zubayra so'nggi jangini 23 fevral kuni Kevin Agilarga qarshi o'tkazib, raqibini mag'lub etishni uddalagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar