05 may 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Zubayra Tuxugov faoliyatini qayta tikladi
Rossiyalik UFC sobiq jangchisi Zubayra Tuxugov yangi Liga bilan shartnoma imzoladi.
Endi 35 yoshli atlet ACBJJ Ligasida jang qiladi. U bilan shartnoma imzolangani tashkilot matbuot xizmati tomonidan rasman elon qilindi.
Zubayra Tuxugov 2014 yildan 2023 yilgacha yarim engil vazn toifasida UFC turnirlarida ishtirok etdi. U mazkur Ligada jami to'qqizta jang o'tkazib, beshta g'alaba, uchta mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan. So'nggi jangi braziliyalik Elvis Brenerga qarshi kechgandi. O'shanda Zubayra raqibiga mag'lub bo'lgan va keyin tashkilotni tark etgandi.
Tuxugov ACBJJ Ligasida qachon debyut qilishi, uning raqibi kim bo'lishi haqida hozircha malumot yo'q.

Havola :
Manba : ACBJJ
Fikrlar