01 apr 10:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Zuhriddin Mahkamov: "Uzbek Tigers" guruhdan chiqa oladi"
"Uzbek Tigers" bokschisi Zuhriddin Mahkamov "Astana Arlans"ga qarshi to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldin ushbu raqibim bilan to'qnash kelmaganman. Murabbiylar qo'l ostida unga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Barchasini jang ko'rsatadi.
Nasib etsa, guruhdan chiqish vazifasini bajara olamiz", - deydi Zuhriddin Mahkamov.
Eslatib o'tamiz, -91 kg vazn toifasida ringga ko'tariladigan O'zbekiston chempioni Zuhriddin Mahkamov bugun Osiyo o'yinlari g'olibi Anton Pinchukka qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar