22 iyu 16:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/14677_220.jpg)
FOTO. Bokschilarimizning Yangioboddagi yig'ini yakunlandi
Boks bo'yicha mamlakatimiz terma jamoasining birinchi raqamli charm qo'lqop ustalari Toshkent viloyatida joylashgan Yangiobod bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazayotgandi.
Kecha ushbu yig'in o'z yakuniga etdi. Terma jamoa murabbiylari asosiy etiborni umumjismoniy mashg'ulotlarga qaratishdi. Endi bir haftalik kichik tatildan so'ng yana mashg'ulotlar boshlanadi.
Navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 27 iyun kuni boshlanadi. Yangiobodda o'tkaziladigan yig'inda ikkinchi va uchinchi raqamli bokschilarimiz ham ishtirok etishadi. Mazkur yig'in Germaniyada o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar