23 fev 15:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Elnur Abduraimov boshchiligidagi bokschilarimiz "Dracula Open" turnirida 6 ta medalga ega chiqishdi
15-22 fevral kunlari Ruminiyaning Braila shahrida boks bo'yicha ananaviy "Dracula Open" xalqaro turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada ishtirok etgan o'smirlarimiz 2 ta oltin 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Etiborlisi, vakilimiz Samandar Umarov turnirning “Eng yaxshi bokschisi” deb topildi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-52 kg. Oybek Alimjonov
-80 kg. Samandar Umarov.
Bronza medal:
-46 kg. Yahyo Komilov
-48 kg. Holid Boborahimov
-57 kg. Asliddin Usubaliev
+80 kg. Farhodjon Bahodirov.
Murabbiylar: Elnur Abduraimov, SHerzod Parpiev.
Ushbu turnirda Saxida Yakubova hakam sifatida faoliyat olib bordi.

Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar