23 fev 16:52
Yangiliklar
Kamilla Rahimova AQSH, Polina Kudermetova esa Turkiyadagi turnirda qatnashadi
Kamilla AQSHning Texas shtati, Ostin shahrida start olgan WTA 250 turnirida o'z omadini sinab ko'radi. Hamyurtimiz musobaqa asosiy to'rining ilk bosqichida Vengriya vakilasi Anna Bondar bilan to'qnash keladi. Ushbu bahs 23 fevraldan 24 fevralga o'tar kechasi soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.
Malumot uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92, 28 yashar Anna Bondar esa 65-o'rinni egallab turibdi.
Jahon reytingida 148-o'rinni band etib turgan vakilamiz — Polina Kudermetova esa Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladigan "CHellenjer" turkumidagi musobaqada qatnashadi. 22 yoshli Polinaga dastlabki bosqichda ukrainalik Oleksandra Olinikova raqiblik qiladi. 25 yashar Olinikova hozirda WTA reytingida 71-pog'onada bormoqda. Nimchorak final yo'lidagi mazkur bellashuv ertaga soat 13:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar