23 fev 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Unda qo'rquv bor". Garsiya - Xeyni bilan revansh ehtimoli haqida gapirdi
Boks bo'yicha jahon chempioni Rayan Garsiya kecha Mario Barrios ustidan qozongan g'alabasidan so'ng Devin Xeyni bilan ehtimoliy revansh haqidagi savolga javob berdi.
"Devin buni istamaydi. U dahshatda. Unda birinchi jangdan keyin qo'rquv bor", — dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Garsiya va Xeyni 2024 yil 20 aprel kuni mojaroli jang o'tkazgan. Unda Garsiya chempionni uch marta nokdaunga uchratib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. Biroq Garsiyaning doping-testi ijobiy chiqqanidan so'ng natija bekor qilingan va u diskvalifikaciya qilingan. Bu esa Xeyni tomonidan sud davolariga sabab bo'lgan.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar