23 fev 17:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Rayan Garsiya jahon chempioniga aylanganidan so'ng SHakur Stivensonni jangga chaqirdi
WBC yarim o'rta vazn chempioni Rayan Garsiya Mario Barrios ustidan qozongan g'alabasidan keyin SHakur Stivensonni jangga chaqirdi.
"Kimni xohlashimni bilasizlar. U shu erda. SHakur Stivenson, qani! Men ajoyib chempion bo'lishni xohlayman va hech kimdan qo'rqmayman. Devin Xeyni bilan ham, SHakur Stivenson bilan ham, istalgani bilan jang qilishga tayyorman. Men shu jangni xohlayman. SHakur, seni ko'ryapman. Kel, buni amalga oshiramiz", — dedi Garsiya jangdan keyin.

Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar