12 okt 12:45
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bag'rikeng erkak". Rayan Garsiya Arnold SHvarcenegger bilan uchrashdi (FOTO)
Yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni, kelib chiqishi meksikalik bo'lgan Rayan Garsiya 79 yoshli mashhur aktyor Arnold SHvarcenegger bilan uchrashdi.
"Bag'rikeng erkak", — deb suratga izoh yozdi Garsiya.
13 sentyabrga o'tar kechasi Garsiya "Zuffa Boxing" turnirining asosiy jangida 29 yoshli mashhur britaniyalik bokschi Konor Benn bilan to'qnash kelib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
SHvarcenegger – Kaliforniya shtatining 38-gubernatori. SHuningdek, u Netflix studiyasining ekshn bo'yicha direktori lavozimida ishlaydi. Gollivudning "Terminator", "Tutqich bermaslar" va boshqa franshizalaridagi rollari bilan tanilgan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar