22 iyu 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Toni Fergyuson: “Xabib meni enga olmaydi, u xatto...”
Aralash qoidalar bo'yicha UFC jangchisi amerikalik Toni Fergyuson engil vazn toifasida jahon chempioni bo'lib turgan Konor Makgregorning chempionlik kamariga rasmiy davogar hisoblanadi.
Ayni paytda bu jangni o'tkazishning imkoni yo'q. Boisi, Konor 26 avgust kuni amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerga qarshi boks qoidalari asosida jang o'tkazadi.
“Keling, Makgregorning UFCga qaytishini kutaylik. Men yoki Xabib u bilan albatta jang qilamiz. Lekin Nurmagomedov meni mag'lub eta olmaydi. U xattoki tarozidan o'tish marosimida qatnasha olmaydi”, - dedi Fergyuson.
Havola :
Fikrlar