So’nggi yangiliklar

09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0

22 avg 12:19
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

“Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostidagi tinchlik marafoni yuqori kayfiyatda tashkil etildi

Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida “Biz birgamiz, biz bir kuchmiz!” shiori ostida 5 km masofaga yugurish marafoni o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o'rinbosari Abatbay Daniyarov va boshqa masul rahbarlar ham ishtirok etishdi.

Marafonga Nukus shahrida joylashgan sport talimi muassasalaridan 300 nafar sportchi yoshlar, oliy talim muassasalaridan 250 nafar talaba yoshlar hamda Nukus shahridagi mahallalardan 200 nafarga yaqin, jami 700 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.

Tinchlik marafoniga soat 18:30da “O'zbekiston guzari” ko'chasidan start berildi va unda ishtirokchilar Amir Temur ko'chasi bo'ylab Nukus shahar 1-sonli sport maktabi oldidagi finishgacha bo'lgan masofani yuqori kayfiyatda, g'alabaga bo'lgan kuchli ishtiyoq bilan bosib o'tishdi.

Belgilangan marraga o'g'il bolalardan birinchi bo'lib Rashidbek Iskandarov etib keldi. Kuchli uchlikdan esa Kuatjon Abdimuratov hamda Nurmuhammad Asievlar joy olishdi. Qizlar o'rtasida birinchi bo'lib Anastasiya Salagub marra chizig'ini kesib o'tgan bo'lsa, keyingi o'rinlarni mos ravishda SHahzoda SHukurullaeva hamda Rano Jamg'irbaevalar egalladi.

Marafon g'olib va sovrindorlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan medal, diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

SHuningdek, marafonda bir qator nominaciyalar bo'yicha ham g'olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Jumladan, ular orasidan eng yaxshi natija ko'rsatgan 6 nafariga velosipedlar sovg'a qilindi.

Bundan tashqari 50 nafar qiz va 50 nafar o'g'il bola, jami 100 nafar yoshlarga Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sport formalari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing