So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

25 sen 19:39
Yangiliklar

Engil atletika

“Afrosiyob Arena”da engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyo IV Ochiq chempionati o'tkazilmoqda

Teglar :  Engil atletika
Samarqand shahrida engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyo IV Ochiq chempionati boshlandi.

Mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari Qirg'iziston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, shuningdek, taklif bo'yicha Tailand va Malayziya kabi davlatlardan 200 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.

Xalqaro turnirga “Afrosiyob Arena” sport majmuasi mezbonlik qilyapti. Mazkur sport majmuasi 15 ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladi.

2022 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning tashabbuslariga binoan qurilishi boshlangan sport majmuasida World Athletics Butunjahon engil atletika federaciyalari associaciyasi talablariga muvofiq holda keng ko'lamdagi rekonstrukciya ishlari amalga oshirildi.

Stadion so'nggi rusumdagi sport uskunalari, zamonaviy yugurish qoplamasi, drenaj tizimi, yoritish va ovoz tizimlari bilan jihozlangan. Bugungi kunda “Afrosiyob Arena” sport majmuasi – O'zbekistondagi xalqaro sport musobaqalarini qabul qilishga munosib bo'lgan dastlabki sertifikatlangan stadion hisoblanadi. Takidlash kerak, “Afrosiyob Arena” sport majmuasi Markaziy Osiyo IV Ochiq chempionati arafasida qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi.

Ochiq chempionatda engil atletikachilar asosan yugurish hamda texnik turlarda ishtirok etishmoqda. Bularga balandlikka sakrash, tayanib sakrash, uzunlikka sakrash, uch hatlab sakrash, disk, bolg'a, nayza uloqtirish singari yo'nalishlar kiradi.

Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi deyarli barcha turlarda qatnashmoqda. Musobaqada V Islom birdamligi o'yinlari g'olib va sovrindorlari SHarifa Davronova, Anvar Anvarov, Suhrob Xo'jaev, Farida Solieva, Nargiza Qo'chqorova, Roksana Xudoyarova kabi mahoratli sportchilar kuch sinashishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing