12 sen 12:21
Yangiliklar

Ahmadalievning murabbiyi: "Inoueni nokautga uchratsa bo'ladi, bu faqat vaqt masalasi"
"Biz o'zimizga ishonamiz. Biz qattiq shug'ullandik. Naoya hamon ajoyib jangchi, biroq Murodjon Inoueni mag'lub etishiga ishongani uchun bu jangni o'zi so'rab oldi. Murodjonda katta tajriba bor. U barcha uslublarni ko'rgan. Kardenas Inouega qarshi besh raund turib bergan holda yaxshi zarbalar bera oldi. Lekin haqiqat shundaki, Kardenasda Murodjon ega bo'lgan tajriba yo'q. Ahmadaliev Kardenasga qaraganda kuchliroq, tezroq va iqtidorliroq.
Biz Naoyani nokautga uchratish mumkinligini bilamiz. Agar Murodjon unga yaxshi zarba bera olsa, Kardenas bilan ko'rganimizdek, u qulaydi. Farqi shundaki, Murodjon jallod kabi sizni qayta turishingizga yo'l qo'ymaydi. Men realistman. Yaponiyada Inouega qarshi jangda g'alaba qozonish qiyin ekanini bilaman. SHuning uchun biz uni nokaut qilishimiz kerak. Biz ochkolar bo'yicha g'alaba qozona olamizmi yoki yo'q, buni bilmayman. Bilganim Inoueni ham nokautga uchratsa bo'ladi, bu shunchaki vaqt masalasi", dedi Dias.
Fikrlar