So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди 0 12:04Леон Эдвардс кейинги жангини ноябрь ойида ўтказиши мумкин 0 11:43Тахмина Икромова Жаҳон чемпионатида тўртинчи бўлди 0 11:22Муроджон Аҳмадалиев Японияга етиб борди (ФОТО) 0 11:01"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди 0 10:40Мадримов учун имкон: Кроуфорд чемпионлик камарини вакант қолдиради 0 10:19Фомин Хитойдаги Челленжер турнирида ўз омадини синаб кўради 0 09:58Махачев Топурия — Царукян жанги ташкил этилиши кераклигини айтди 0 09:37Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади 0 09:16Пара каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини иккита медал билан якунлашди 0 08:55"Ҳаммаси шундан" — Махачев АҚШ MMAси инқирози нима билан боғлиқлигини тушунтирди 0 08:34Нодирбек Якуббоев 61th Rubinstein Memorial чемпиони! 0 08:13"Реал" меҳмонда "Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди 0 07:52Шавкат Раҳмоновнинг режалари очиқланди 0 07:31Гандболчиларимиз учинчи ўйинда илк жиддий синовдан ўтишди 0

05 avg 10:01
Yangiliklar

Formula-1

Alonso "Aston Martin" bilan 1+1+1 ko'rinishida shartnoma imzoladi

Teglar :  Fernando Alonso
Fernando Alonsoning "Aston Martin" bilan imzolagan shartnomasi shartlari malum bo'ldi.

Ispaniyaning AS nashri o'z manbalariga tayanib, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar qanday kechganligi haqida malumot berdi. 

Malum qilinishicha, Alonso "Aston Martin" bilan 1+1+1 sxemasi bo'yicha uch yillik shartnoma imzolagan. SHartnomada har mavsumdan keyin uzaytirish va muddatidan oldin tugatish variantlari ko'zda tutilgan. Bu variantlardan faqat Alonso foydalanishi mumkin. Ispaniyalik poygachining "Aston Martin"dagi maoshi esa bir mavsum uchun 20 million dollarni tashkil qiladi.

Dastlab "Aston Martin" Sebastyan Fettel bilan shartnomani uzaytirmoqchi edi. Poygachiga yana bir yillik yangi shartnoma taklif qilingandi. Biroq, Fettel otasi, rafiqasi va farzandlari bilan bu mavzuni muhokama qilib, "Formula-1"dan ketishga qaror qildi va bu qarorini ommaga elon qildi.

Natijada, Vengriyadagi Gran-prining dam olish kunlarida Alonso va "Aston Martin" o'rtasida faol muzokaralar bo'lib o'tdi va tezda kelishuvga erishildi.

Qayd etilishicha, "Alpin" jamoasi Alonsoga ikki yillik shartnoma taklif qilgan va bu shartnoma shartlari allaqachon ikki tomon tomonidan ozmi-ko'pmi kelishib olingan. Biroq yakunda Alonso "Aston Martin"ning taklifini qabul qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing