10 iyu 08:02
Yangiliklar
Futbol

"Real" bosh murabbiyi yirik mag'lubiyatga qanday izoh berdi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso PSJdan qabul qilib olingan yirik (0:4) hisobdagi mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlarini bildirdi.
"PSJ uzoq yillardan beri shakllanib kelayotgan jamoa. Biz esa yo'limizni endi boshladik. Bugun biz maydonda o'zimizni topa olmadik. Hissiyotlar yaxshi emas. Birinchi bo'lim so'nggida uchinchi golni o'tkazib yuborganimiz alamli bo'ldi. Biz ayni paytda juda zo'r formada bo'lib turgan raqibga qarshi bahs olib bordik.
Bugun "Real" ham boshqalar singari ushbu jamoa qarshisida "ojiz" edi. O'sish uchun imkoniyatlarimiz bor va biz buni qanday amalga oshirish kerakligini yaxshi bilamiz. Bugungi o'yin bizga xatolarimizni ko'rib olishimizga imkon berdi. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilamiz", - dedi Alonso.
Havola :
Fikrlar