So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

01 dek 13:41
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov: Olimpiada chempioni maqomidan keyin kuchliroq raqib bilan jang qilishni xohlayman

Teglar :  Bahodir Jalolov
Bahodir Jalolov bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.

Kuni kecha poytaxtimizdagi muhtasham «Forumlar saroyi»da imkoniyati cheklanganlar kuni munosabati bilan «Biz turlimiz. Biz tengmiz. Bir jamoa» shiori ostida koncert dasturi bo'lib o'tdi. Tadbirda paralimpiyachilarimiz, shuningdek bir qator nomdor sportchilarimiz ham ishtirok etishdi. Koncert yakunida Olamsport.com sayti muxbiri Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov bilan flesh intervyu tashkil qildi. Jalolov avvalo, 11 dekabr kuni bo'ladigan jangi to'g'risida gapirdi:

«Nasib qilsa, jangim 11 dekabr kuni Dubayda bo'lib o'tadi. Tayyorgarlikni allaqachon boshlaganmiz. Hozircha raqib nomalum, bir nechta variantlarni ko'rib chiqyapmiz, bir-ikki kunda aniq bo'ladi. To'g'risini aytsam, raqibni men tanlamayapman, bu ish bilan ustozlarim shug'ullanishyapti. Men kim bo'lsa ham yaxshi raqib beringlar deb aytdim. Olimpiada chempioni maqomidan keyin kuchliroq bokschi bilan jang qilishim kerak. O'zimning xohishim ham shu, negaki, tayyorgarlik ham shunga yarasha bo'lmoqda. Promouterlarim bu jangni Dubayda o'tkazish qaroriga kelishdi, nasib qilsa, O'zbekistonda yana ringga chiqamiz».


Bokschi koncert haqidagi taassurotlari bilan ham o'rtoqlashdi:

«Bugungi koncert ajoyib ruhda bo'lib o'tdi. Ochig'ini aytishim kerak, ko'zda yosh bilan tomosha qildik, juda chiroyli tayyorgarlik ko'rilgan ekan. Kim bo'lishimizdan qatiy nazar har birimiz insonmiz. Sog'lommi, yoki imkoniyati cheklanganmi, barchamiz Allohni bandasimiz. SHuning uchun kimnidir ko'rinishiga yoki imkoniyatiga qarab baho bermaslik lozim. Iloji boricha, imkoniyati cheklangan insonlar bilan ham do'st bo'lish kerak. Bu tadbirni ko'rib qalbimda yana bir bor shukronalikni his qildim. Kimnidir qo'li yo'q, kimnidir oyog'i, kimdir gapira olmaydi. Bizni shunday qilib yaratgani uchun Allohga shukur qilishimiz darkor. Bunday koncertlarning foydali jihatlari ko'p. Negaki, hayotimizda ozgina qiynalsa noshukurlik qiladigan odamlarni ko'ramiz. SHu kabi tadbirlar tez-tez bo'lib tursa, ko'pchilikka o'rnak bo'lardi», - dedi Jalolov.

Reyting:    

Fikrlar

   
01 dek 19:26:54
Jonny
10kun qolganida kuchli raqib topish juda qiyin boʻladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing