08 iyu 11:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov Nyu-Yorkdagi jangiga mashg'ulotlarni davom ettiryapti (VIDEO)
Prof boksning super og'ir vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Bahodir Jalolov keyingi jangiga tayyorgarlik ko'ryapti.
U ayni damda shaxsiy murabbiyi Farruh Qilichev bilan birgalikda Rossiya Federaciyasida mashg'ulot olib bormoqda.
Bugun Jalolovning tug'ilgan kuni. U 31 yoshga qadam qo'ydi.
Bahodir 27 iyul tongida AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida tashkil etiladigan professional boks oqshomida italiyalik Janmarko Kardiloga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar